Flik Kloppni, Levandovski esa Myullerni ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2020, 20:05
Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasi mamlakatning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlashdi.

Natijalarga ko'ra, “Bavariya” forvardi Robert Levandovski eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo'ldi. U ovoz berish jarayonida jamoadoshlari Tomas Myuller va Yozua Kimmixni ortda qoldirgan.

Shuningdek, eng yaxshi murabbiy nominaciyasida myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flik g'olib chiqdi. U 2019/20 yilgi mavsum davomida jamoani qabul qilib oldi va Bundesliga, Germaniya Kubogi hamda YCHLda zafar quchgan holda treblga erishdi. Flik so'rovnomada Yurgen Kloppdan (“Liverpul”) o'zib ketgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24