Flik: "Italiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani bizni hayratda qoldirdi"

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2022, 00:51
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning aytishicha, Italiya terma jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmagani u uchun kutilmagan hol bo'ldi.

Ertaga "Bundestim" Millatlar ligasi doirasida "Skuadra Adzurra"ga qarshi maydonga tushadi.

“Italiyaning jahon chempionatiga chiqa olmagani bizni hayratda qoldirdi. Roberto ajoyib jamoa shakllantirgan, u italiyaliklar uchun to'g'ri tanlov deb o'ylayman. Unga faqat omad tilayman, Manchini Italiya terma jamoasining Evro-2020'dagi muvaffaqiyatni takrorlay oladigan fazilatlarga ega”, - dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Flik Germaniya terma jamoasini o'tgan yozda Yoaxim Lyov ketganidan keyin qabul qilib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild