Flik "Bavariya" bilan ajoyib natija qayd etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2021, 08:58
"Bavariya" kecha klublar o'rtasidagi jahon chempioni bo'ldi.

Bu klub bosh murabbiyi Xansi Flik uchun "Bavariya" bilan qo'lga kiritilgan oltinchi sovrin bo'ldi. 

Myunxenliklar shuningdek Flik qo'l ostida chempionat, Germaniya kubogi va superkubogi, Chempionlar ligasi va Yevropa superkubogi musobaqalarida g'olib chiqqan. 

Flik "Bavariya"ni 68 ta o'yinda maydonga olib tushgan va 58 marta g'alaba qozongan. O'yinlarning 5 tasida durang va yana 5 tasida mag'lubiyat qayd etilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports