Firmino umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi

Alisher
30 mar 2021, 14:56
"Liverpul" forvardi Roberto Firmino umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Bu haqda "qizillar" rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Braziliyalik futbolchi tizzasidagi jarohati sabab 7 martdan beri o'ynamayapti.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com