Firmino oyog'idagi jarohati sabab bugun "Man Siti"ga qarshi maydonga tushmaydi

Administrator
22 dek 2022, 23:09
Futbolchi Liga kubogida jamoasiga yordam bera olmaydi.

"Liverpul" klubi hujumchisi Roberto Firmino bugun "Man Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Braziliyaliy futbolchining oyog'ida muammo bor. Jarohat unchalik ham jiddiy emas, ammo APLning muhim o'yinlari oldidan Klopp tavakkal qilmaslikni afzal ko'rdi. 

Ma'lumot uchun, Firmino APLning 13 uchrashuvida maydonga tushib, 7 ta gol urishni uddalagandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic