"Fiorentina" Riberining taqdimot marosimini o'tkazdi

Alisher
23 avg 2019
"Fiorentina" yaqindagina jamoaga kelib qo'shilgan Frank Riberining tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Fransiyalik o'yinchi yangi jamoasi safida 7-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, Riberi "Bavariya"dagi 12 yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etgan edi.

Riberi "Bavariya" safida 425ta o'yinda maydonga tushib, 124ta gol va 182ta assistga erishgan.

Futbolchi 2006-2014 yillar davomida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/acffiorentina