"Fiorentina" hujumchisi Babakar "Arsenal" yoki "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

7 noya 2013, 20:02
"Fiorentina" hujumchisi Xuma Al-Babakar faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Express.
20 yoshi senegallik futbolchiga "Arsenal" va "Vest Xem" klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. "Vest Xem" vakillari hozirdan muzokaralarga kirishishgan.

Futbolchining o'zi esa "Arsenal"ga o'tish istagida.

"Arsenal" menga qiziqish bildirganini bilish juda yoqimli. Men jon deb Venger bilan ishlagan bo'lardim. U yosh istedodlar bilan ishlash bo'yicha kuchli mutaxassis", dedi Babakar.

Manba: sports.ru