"Fiorentina" himoyachisi London klubiga o'tishga yaqin

Alisher
16 avg 2021, 10:44
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli o'yinchi uchun bosh da'vogar "Tottenxem" hisoblanadi. Serbiyalikning vakillari uzoq vaqt "Vest Xem" bilan muzokaralar o'tkazishdi, ammo "bolg'a urarlar" shaxsiy shartlar bo'yicha kelisha olishmadi. "Fiorentina" himoyachini 18 mln evroga sotishga tayyor. Uning shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.

Ayni damda "shporlar" bilan muzokaralar yakuniy jarayonda, futbolchining o'zi esa Londonga yo'l olishga rozilik bildirgan.

Milenkovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia