"Fiorentina" futbolchisi terma jamoaga rad javobini bergani uchun futboldan chetlatilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2023, 10:00
"Fiorentina" va Angola terma jamoasi hujumchisi Mbala N'Zola Afrika millatlari kubogida qatnashishni istamayotganligi uchun chetlatilishi mumkin.

N'Zola shanba kuniga qadar yakuniy qarorga kelishi kerak. U nima uchun Angola terma jamoasida o'ynamoqchi emasligiga asos keltirishi lozim. Agar u buni uddalay olmasa, Angola futbol federatsiyasi tomonidan chetlatilishdan tashqari, ishga FIFA ham aralashishi mumkin. Tashkilot futbolchiga nisbatan jiddiy choralar ko'rishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Afrika millatlari kubogi 19 yanvar - 11 fevral kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Corriere dello Sport