Finlyandiya terma jamoasi futbolchilari Daniya o'yinchilarini maydonda qarsaklar bilan qarshi olishdi

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2021, 23:56
Finldyandiya termasi a'zolari o'yinni davom ettirishdan oldin chigil yozdi mashg'ulotlari uchun maydonga tushgan Daniya terma jamoasi futbolchilarini qarsaklar sadosi ostida kutib olishdi.

Xabaringiz bor, o'yin Daniya xavbeki Kristian Eriksen hushidan ketgani bois to'xtatilgan edi.

Futbolchilar va shifokorlar Eriksenga maydonda yordam ko'rsatgach, uni shifoxonaga olib ketishdi.

Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi uchrashuv 23:30 dan boshlab davom ettirilmoqda. 

LIVE  Kristian Eriksen haqida barchasi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: B/R Football