MYUni sotib olishga da'vogar tadbirkor klubga "Oltin to'p" sohibini olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2025, 19:13
Finlyandiyalik biznesmen Tomas Zilliakus Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

U avvalroq 2023 yilda MYUni sotib olishga uringan, biroq uning taklifi juda kech kelgani oqibatida Jim Retkliff 30 foiz akciyani sotib olib ulgurgandi.

Endi Gleyzerlar oilasi foydali takliflarga ochiqligi haqidagi mish-mishlar fonida Zilliacus klub uchun kurashga qayta kirishga tayyor.

Finlyandiyalik magnat allaqachon "Yunayted"ni inqirozdan olib chiqish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Zilliakus bir necha eng yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi va u 2025 yilgi "Oltin to'p" sohibi Usmon Dembele atrofida jamoa tuzmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mirror Football