Fil Jons MYU tarixidagi eng yaxshi futbolchilar beshligini tuzdi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2022, 09:05
“Manchester Yunayted” himoyachisi Fil Jonsdan klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilar beshligini tanlash so'raldi.

30 yoshli futbolchining ro'yxatidan darvozabon Edvin van der Sar, himoyachilar Nemanya Vidich va Stiv Bryus, yarim himoyachi Pol Skoulz hamda hujumchi Ueyn Runi o'rin egalladi.

Sharti shunday ediki, u hozirda birga faoliyat olib borayotgan jamoadoshlarini qo'shmasligi talab qilindi.

Eslatib o'tamiz, Fil Jons “qizil iblislar” sharafini 2011 yildan beri himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com