FIFA.UZ: Bugun Osiyo chempionlar ligasi 4-tur dedlayni

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015, 10:30
2015 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun bag'ishlangan maxsus bo'lim ishga tushganidan xabaringiz bor.
Musobaqaning dastlabki 3 turi ortda qoldi. Agar hali jamoa tuzmagan bo'lsangiz G'arb mintaqasining to'rtta guruhidan o'rin olgan 16ta klubning futbolchilaridan jamoa tuzishingiz mumkin. Hozirga qadar 1100 dan ortiq jamoa tuzib bo'lindi. Ular orasida "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari borligini eslatib o'tamiz.

Umar Abdulrahmon, Georgios Samaras, Asamoa Gyan va Everton Ribeyro kabi yulduzlar endi SIZga ochko keltirishadi.

Tezroq jamoa tuzishga va ishtirokchilar bilan bellashishga SHOSHILING! 8ta tur (Guruh bosqichidagi 6ta tur va 1/8 finalidagi ikkita tur) yakunida eng ko'p ochko olgan jamoa Osiyo chempionlar ligasining rasmiy to'piga ega bo'ladi. Jamoa tuzishga o'tish.

To'rtinchi tur juftliklari bilan tanishing:

7 aprel
16:30 - Traktorsozi - Al Ahli Jidda
19:00 - Nasaf - Al Ahli Dubay
20:15 - Al Ayn - Paxtakor
22:35 - Al Shabab - Naft Tehron

8 aprel
16:00 - Lokomotiv - Al Sadd
19:00 - Persepolis - Al Nasr
20:30 - Laxviya - Bunyodkor
22:45 - Al Hilol - Fulad

To'rtinchi  tur dedlayni 7 aprel kuni soat 15:30da tugaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia