FIFA.COM: O'zbekiston - Xorvatiya ertangi kunning markaziy o'yini

San Sanich
25 iyun 2013
FIFA ning rasmiy sayti yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ertangi o'yinlaridan oldin ma'lumot bergan.
Unga ko'ra kunning eng muhim o'yini Xorvatiya – O'zbekiston, kuzatish shart bo'lgan o'yinchi esa Abbos Maxstaliev.
 
"F" guruhidagi dastlabki o'yinlarida g'alaba qozongan Xorvatiyada ham, O'zbekistonda ham bir biriga qarshi bo'ladigan bahsda nimchorak finalini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Ikkalasini ham bu uchrashuvda birinchi bahsga nisbatan o'zgacha sinov kutib turibdi, va bu o'yinda ular musobaqada qanday ishtirok etishlari aniqlashadi.
 
Xorvatiya jismoniy jihatdan va o'yinni buzish hislatlari bo'yicha o'zlariga yaqin bo'lgan Urugvay bilan bellashdi. O'zbekistonning ravon va to'pni to'liq nazorat qilish uslubi esa umuman o'zgacha. Allaqachon 5 ta sariq kartochka olishga ulgurgan xorvatlar intizomli bo'lishlariga to'g'ri keladi. Bu o'rinda tezkor va basavlat Igor Sergeev og'ir va vazmin Niko Datkovich va Jozo Simunovichlarga muammo tug'dirishi mumkin.
 
O'zbekiston esa o'z o'rnida Xorvatiyaning yaqqol jismoniy ustunligiga qarshi biror narsa o'ylab topishi kerak bo'ladi. Yevropa vakillari Urugvayga qarshi o'yinda tezkor qanot yarimhimoyachilari yordamida maydon markazida 5 yarim himoyachi uslubidan uch hujumchi tizimiga tezkor o'tishdi va bunday tezkor o'zgarishlarga O'zbekiston dosh berishga qiynalishi mumkin.

Kuzatish shart bo'lgan futbolchi
Abbosbek Maxstaliev (O'zbekiston)

Kichkina pleymeyker Yangi Zelandiyaga qarshi do'ndirib o'ynadi. Uni to'xtatishni iloji bo'lmadi. Maydonni juda yaxshi ko'ra olishini namoyon qildi hamda atrofidagi jamoadoshlariga imkoniyat yaratishga harakat qildi. O'smirlar o'rtasida Meksikada 2011 yilda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida hammada yaxshi taassurot Abbos faqat jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan Urugvayga qarshi unchalik o'zini ko'rsata olmagandi. Urugvayga jismoniy jihatdan teng bo'lgan Xorvatiyaga qarshi u yaxshiroq xarakat qila olarmikan?


Qobiljon Babaev tarjimasi

San SanichMuallif
Manba: