Saralash bahslari guruh bosqichida Yaponiya va Avstraliya terma jamoalaridan ortda qolgan Iordaniya uchun saralash kampaniyasi hali tugagani yo'q. Barcha qiyinchiliklarni ortda qoldirgan iordaniyaliklar endilikda pley-off bosqichida O'zbekistonga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi. Mazkur juftlikda g'alaba qozongan jamoa keyingi bosqichda Janubiy Amerika vakili bilan Braziliya yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. 6 hamda 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan pley-off o'yinlarining dastlabkisi Ammanda, javob uchrashuvi esa Toshkentda o'tkaziladi.
Adnan Xamadning kutilmagan iste'fosidan so'ng Iordaniya Futbol Uyushmasi zudlik bilan Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga yangi nomzod qidirishga majbur bo'ldi. Iordaniya futboli rasmiylari Hussam Hassan nomzodida to'xtalishdi va Misr futboli afsonasi Iordaniya terma jamoasini pley-off bosqichi uchrashuvlariga tayyorlaydigan bo'ldi. Misr futboli tarixidagi eng mashhur va afsonaviy murabbiy, Iordaniya terma jamoasini bir necha yillar davomida boshqargan Mahmud Al Gavxariyning shogirdi hisoblanadigan Hussam Hassan endilikda Iordaniya terma jamoasini Braziliya-2014 sari etaklashi va bu mamlakat futboli tarixida yangi saxifa ochish uchun bel bog'lagan.
Pley-off o'yinlari boshlanishiga bir necha kun qolganda Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi FIFA.com saytiga muhim o'yinlarga terma jamoa qanday tayyorgarlik ko'rayotgani va Braziliya yo'llanmasi yo'lida tinim bilmay mexnat qilayotganini haqida to'xtalib o'tdi.
Qiyin vaziyat oldidan
Bosh murabbiy etib tayinlanganiga ikki oy ham bo'lmagan misrlik murabbiy, Iordaniyani O'zbekistonga qarshi o'ta muhim bahslarga tayyorlashga kirishdi. Iordaniya bosh murabbiyi o'z faoliyatidagi eng muhim va qiyin davrni boshdan kechirayotganini ta'kidladi.
Ushbu terma jamoa bilan shartnoma imzolayotganimda, yaqin oradagi 2 oy juda og'ir va qiyin kechishini bilar edim. Bu qisqa vaqt davomida terma jamoani bunday katta va muhim o'yinlarga tayyorlash qiyin vazifa. Ammo, biz tayyorgarlikni shunga yarasha olib borishga harakat qildik. Sentyabr oyida milliy chempionat bahslari start oladi. Biz esa, huddi shu payt O'zbekistonga qarshi bahslarga kirishamiz. Suriya qarshi Osiyo Kubogi saralash o'yinini o'tkazdik. Muhim o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun esa, bir oy vaqtimiz bor edi. Bu orada Falastin hamda Liviyaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik, - deydi Hassan.
O'z uyimizda o'ynaganimizda har qanday raqibga qarshi kuchli o'yin namoyish eta olamiz, qolaversa o'z uyimizda bizni qo'llab-quvvatlab turadigan muxlislarimiz ham futbolchilarga etarlicha dalda bo'la oladilar, deya qo'shimcha qildi Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi
Biz qiyin vaziyatga tushib qoldik. Avgust oyi so'ngida Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishimiz lozim edi. Ammo, bu uchrashuvni bekor qilishga majbur bo'ldik. Buning sababini, horijda to'p suradigan terma jamoaning bir nechta futbolchisi safimizga kelib qo'shila olmagani bilan izohlash mumkin. Shu sababdan ham, O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan izchil mashg'ulotlar olib borishga majburmiz.
Agar etarlicha vaqtga ega bo'lganimizda, ko'proq o'yin o'tkazgan bo'lar edik, deya qo'shimcha qo'ldi Hussam Hassan. O'tkazilgan uchta o'yindan so'ng tarkibmizdagi futbolchilarning holati haqida etarlicha tasavvurga ega edim va tarkibni deyarli aniqlab bo'ldim. Biz ko'p ishladik. Aminmanki, biz raqobatbardosh jamoamiz va har qanday raqibga qarshi o'ynay olamiz, - deydi murabbiy.
Aniq maqsad sari
Har ikkala terma jamoa murabbiyi uchun ham pley-off bahslari so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Bu borada har ikkala terma jamoa ham o'z oldilariga aniq maqsadlarni qo'ygan holda bahslarga kirishadilar. Hussam Hassan ham o'z jamoasi qanday maqsad yo'lida harakat qilayotganini aytib o'tdi. O'yin juda og'ir kechishi aniq. Shuning uchun ham ikkala uchrashuvga aniq maqsad bilan maydonga tushamiz. To'rt kun ichida ikkita o'yin o'tkazishimizni hisobga olgan holda, O'zbekistonga qarshi bahsda kuchni to'g'ri taqsimlay olishimiz lozim. Sababi, Ammandagi o'yinning ertasiga javob uchrashuvini o'tkazish uchun Toshkentga yo'l olamiz.
Ilk o'yinda ijobiy natijaga erishish juda muhim. Shunda Toshkentdagi o'yinda o'zimizni erkinroq his qilishimiz mumkin. Agar ilk o'yinda ijobiy natija qayd etishning uddasidan chiqa olsak, javob o'yinida to'g'ri taktika tanlagan holda maqsadga erishimiz mumkin. Shuning uchun ham O'zbekistonga qarshi bahslarni intizorlik bilan kutayapman, - deydi Hassan.
Ustunlikdan to'g'ri foydalanish lozim
Iordaniya terma jamoasi Jahon chempionati 4-saralash bosqichida o'z uyidagi uchrashuvlarni mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Qolaversa, Iordaniya o'z maydonida Yaponiya hamda Avstraliya terma jamoalarini mag'lubiiyatga uchratgani e'tiborga molik. Iordaniya uchun omadli sanaladigan Ammandagi Qirol Abdulloh stadionida ijobiy natijaga erishish, terma jamoa bosh murabbiyining asosiy rejalaridan biri hisoblanadi.
O'z uyimizda yaxshi o'yin namoyish eta olishimizni bo'lajak o'yinda isbotlashimiz lozim. Bu yerda o'ynaganimizda, biz yaxshi o'yin namoyish eta olamiz. Qolaevrsa, muxlislarimiz ham bizni o'z stadionimizda ajoyib ravishda qo'llab-quvvatlaydilar. Biz uy o'yinlaridagi yoqimli anani saqlab qolmoqchimiz.
Hussam Hassanning qayd etishicha, hujumdagi tezkorlik - Iordaniyaning asosiy qurolidir. To'pni yo'qotgan taqdirimizda, zudlik bilan ortga qaytish talab etiladi. Buning ustida esa ishlayapmiz, deydi murabbiy.
Albatta, Iordaniya o'z raqibi haqida ham etarli ma'lumotga ega. Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bu haqda alohida to'xtalib o'tdi. O'zbekiston terma jamoasining so'nggi bir nechta o'yinlarini kuzatdik va ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida tasavvurga egamiz. Aytishim mumkinki, raqib ko'proq jismoniy kuch va tezlikka e'tibor qaratadi, - deya ta'kidladi Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Braziliya chorlamoqda
O'zining egizak ukasi va yordamchisi Ibrohim Hassan ko'magida Iordaniya terma jamoasini Braziliya-2014 final bosqichiga olib chiqish Hussam Hassan oldida turgan asosiy vazifadir. Aynan Hassanning Italiya-1990 saralashidagi yagona goli Misr uchun jahon chemponati yo'llanmasini taqdim etgan edi. Endilikda Hussam Hassan Jahon chempionati kabi katta bayramda ikkinchi bor ishtirok etishi mumkin. Buning uchun o'zi boshqarayotgan terma jamoa bilan saralash kampaniyasini muvaffaqiyatli yakuniga etkazishi talab etiladi.
Italiyadagi jahon chempionatidan hamon yaxshi hotiralar saqlanib qolgan. Jahon chempionatida ishtirok etish har bir futbolchining orzusi. Buni so'z bilan tariflash qiyin. Men futbolchilar bilan suhbat chog'ida ularga buni tushuntirishga harakat qilaman. Ularga g'alaba qozonish va Jahon chempionati kabi yirik musobaqada mamlakating shanini himoya qilish qanday maroqli va sharafli ekanini uqtirdim. Hulosa o'rnida aytishim mumkinki, orzuni ro'yobga chiqarish uchun bugungi terma jamoa futbolchilarida katta ishtiyoq bor, deydi Hussai Hassan.