FIFA reytingi: O'zbekiston ayollar terma jamoasi 42-o'rinda

Narzulla Saydullayev
25 dek 2016, 21:38
FIFA rasmiy saytida mamlakatlar ayollar terma jamoalarining yangi reytingi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi avvalgi oyda e'lon qilingan reytingdagi o'rnida qolgan. O'zbekiston hisobida hozir 1540 ochko bo'lib, jamoa 42-pog'onani band etgan.

Jahon reytingida hamon AQSH ayollar terma jamoasi yetakchi. Ikkinchi o'rinni Germaniya egallab turgan bo'lsa, Fransiya kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo mamlakatlar ayollar terma jamoalari reytingida O'zbekiston 9-o'rinda. Bu borada peshqadam jahon reytingining 6-o'rinini band qilgan Avstraliya bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinlarda Yaponiya va KXDR terma jamoalari joylashgan.

Reytingning to'liq ko'rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2017 yilning 3 – 12 aprel kunlari davomida O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2018 yilda o'tkaziladigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Ushbu saralash uchun qur'a tashlash marosimi esa 2017 yilning 21 yanvar kuni Iordaniya poytaxti – Amman shahrida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com