
Bunday qaror FIFA apellacion komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Futbolchiga ham Braziliya ham Ispaniya terma jamoalarida o'ynashni taqiqlab qo'yiladi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske futbolchiga qiziqayapti, biroq ispanlar bosh murabbiyining hujumchiga bo'lgan qiziqishi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolariga yoqmayapti. Shu sababli braziliya futbol konfederatsiyasi futbolchini Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etishini taqiqlash maqsadida FIFAga murojaat qilgan.
Diegoning o'zi esa ko'proq Ispaniya terma jamoasi safida o'ynashni istamoqda.