FIFA Braziliya - Argentina o'yinida yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha ish ochdi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2021, 08:15
FIFA Braziliya futbol konfederatsiyasi va Argentina futbol assotsiatsiyasiga nisbatan ish ochdi.

Yodingizda bo'lsa, JCH-2022 saralashi doirasidagi Braziliya - Argentina o'yini to'rtinchi daqiqada to'xtatib qo'yilgandi. 

Xalqaro futbol federatsiyasi ushbu o'yinda yuzaga kelgan holat yuzasidan ish boshlanganini e'lon qildi. Ish FIFAning ahloq qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi. 

Eslatib o'tamiz, karantin qoidalari sabab Argentinaning Britaniyada o'ynaydigan to'rt nafar futbolchisi maydonga tushmasligi lozim edi. Ammo, ular o'sha kuni maydonga tushishdi va o'yin to'xtab qoldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: FIFA