FIFA Arab Kubogi yakunlari. Kim nima sovrin yutdi?

Xayrulla Xoliqov
19 dek 2021
30 noyabr kuni start berilgan FIFA Arab Kubogi musobaqasi kecha tunda final o'yini bilan o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Jazoir va Tunis terma jamoalari o'zaro bahs olib borib, bunda Jazoir 2:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medallarni qo'lga kiritdi. 

Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Qatar terma jamoasi Misrga qarshi 0:0 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozondi va bronza medallarga ega chiqdi. 

Final uchrashuvi yakuniga etgach, musobaqaning eng yaxshilarini taqdirlash o'tkazildi.


"Oltin to'p" - Yasin Brahimi (Jazoir)

"Kumush to'p" - Yusef Belaili (Jazoir)

"Bronza to'p" - Akram Afif (Qatar)

"Oltin butsa" - Sayfiddin Jaziri (Tunis)

"Kumush butsa" - Yasin Brahimi (Jazoir)

"Bronza butsa" - Yazan Al Naimat (BAA)

"Oltin qo'lqop" - Rais Mbolhi (Jazoir)

Feyr-pley sovrini - Marokash terma jamoasi


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia