Fernandino: "Manchester Siti" "Enfild"ga g'alaba uchun boradi"

Tolibjon Qosimov
8 noya 2019, 13:55
APL 12-turida peshqadam "Liverpul" o'z maydonida amaldagi chempion "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Ayni paytda Gvardiola shogirdlari "qizillar"dan 6 ochko ortda qolishmoqda. "Shaharliklar" yarim himoyachisi Fernandino markaziy o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Biz "Enfild"ga g'alaba uchun boramiz. Bizning mentalitet - hamisha g'alaba uchun o'ynash", - deya braziliyalikning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.

Fernandino "Man Siti" o'yinchisi sifatida "Liverpul" maydonida 7 bor to'p tepgan va faqatgina bir marta mag'lub bo'lmagan. O'tgan mavsum jamoalar 0:0 hisobida durang o'ynashgan, qolgan bellashuvlarda Klopp shogirdlari uyda g'alabani berishmagan.

Umuman Premer-liga davrida "Manchester Siti" "Enfild"da faqat bir martagina g'alaba qozona olgan (2003 yil).


Eslatib o'tamiz, "Liverpul" - "Manchester Siti" bellashuvi 10 noyabr kuni 21:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com