
35 yoshli futbolchining “MYU” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning iyunida tugaydi. Klub rahbariyati esa unga yangi shartnoma taklif etmoqchi emas.
Devid Moyes himoya markazida Kris Smolling, Jonni Evans va Fil Jonsdan ko'proq foydalanishni afzal ko'rmoqda. Shu sababli Ferdinand ushbu mavsumda APLning faqatgina ettita o'yinida maydonga tushgan xolos.
Ta'kidlab o'tamiz, Ferdinand faoliyatini tugatish bo'yicha hali aniq bir qarorga kelmagan.