Ferdinand: "Liverpul" ayni damda yaxshi jamoa emas"

Mirjalol Normatov
14 fev 2021, 14:56
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand APLning 24-turida "Lester"ga mag'lub bo'lgan "Liverpul" posboni Alisson haqida gapirdi.

"Darvozabon bu vaziyatni nazorat qilib turishi kerak edi. Bu uning o'ziga bo'layotgan ishonchi pastligini ko'rsatadi. Jamoadagi barcha yetakchilar, ruxiyatning yuqoriligi haqida ko'p gapirishdi. Biz esa bularni ko'rmayapmiz.

Ko'rib turganingizdek, mayda xatolar jamoaning ochkolar yo'qotishiga sabab bo'lmoqda. Menimcha holat o'zgarmaydi. Ular hozirgi paytda yaxshi jamoa emaslar", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal