"Fenerbaxche" JCH-2022 qahramonlaridan biri bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023, 10:44
Turkiya klubi uchun jiddiy kuchayish.

"Fenerbaxche" Dominik Livakovich transferini rasman e'lon qildi. Istanbul klubi 28 yoshli darvozabon uchun Zagrebning "Dinamo"siga shartli ravishda 6,65 million evro to'laydi. Xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar tuzildi.

Dominik Livakovich uchun 2022 yilgi Jahon chempionati yuqori nuqta edi. U Xorvatiya terma jamoasiga bronza medallarini qo'lga kiritishga yordam bergandi. Xorvatiya Livakovich bilan 1/8 finalda Yaponiya va 1/4 finalda Braziliyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fenerbahce.org