

"Aspor" xabariga ko'ra, 26 yoshli eronlik futbolchining xizmatlariga "Fenerbaxche" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Jamoa forvardi Syerdar Dorsun jarohat olganidan keyin turk klubi yangi hujumchi izlamoqda.
Azmun 2019 yildan buyon "Zenit" tarkibida harakat qilmoqda. Bunga qadar u "Rubin" va "Rostov" jamoalari tarkibida ham o'ynagan. Ushbu mavsumda u RPLning 5 o'yinida 4 gol urdi.



