"Fenerbaxche" "Al Nassr" hujumchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
"Fenerbaxche" 21 yoshli kolumbiyalik hujumchi Jon Duranning transferini e'lon qildi.

Lotin amerikalik futbolchi turk klubiga "Al Nassr"dan 1 yilga ijaraga olingan.

"O'yinchimizga yo'l-yo'l libosimizda muvaffaqiyatlarga to'la mavsum tilab qolamiz", – deyiladi "kanareykalar" matbuot xizmati xabarida.

Duran 2025 yildan buyon "Al Nassr" a'zosi hisoblanadi. Bungacha u Angliyaning "Aston Villa", Amerikaning "Chikago Fayr" va Ekvadorning "Envigado" jamoalarida to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fenerbahce.org