Felipe Luis: "Biz "Barselona"ni mag'lub eta olamiz"
Narzulla Saydullayev
6 fev 2017, 00:15
"Atletiko" himoyachisi Felipe Luis Ispaniya kubogi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, bu qiyin ammo "Barselona"ni taslim qila olamiz. Birinchi o'yinning ikkinchi bo'limidagi kabi harakat qilishimiz kerak. "Barselona" - ajoyib jamoa, biz ularni xayron qoldirishga urinamiz", - deydi Felipe Luis AS nashriga.