Fayzullaevning jamoadoshi Aliqulov klubiga o'tdi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2023, 22:44
SSKA rahbariyati Adolfo Gaychning ijara asosida “Rizespor”ga o'tganini e'lon qildi.

Gaych bilan tuzilgan bitim 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va futbolchini sotib olish variantini o'z ichiga olmaydi.

Ijaraga yuborishdan oldin "armiyachilar" argentinalik hujumchi bilan amaldagi shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

Eslatib o'tamiz, SSKA safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Abbos Fayzullaev to'p tepsa, "Rizespor"da terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov o'ynaydi.

Avvalroq turk klubiga APL futbolchisi o'tayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЦСКА матбуот хизмати