"Fayzullaevga yana bir mavsum SSKAda o'ynashni maslahat bergan bo'lardim"

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 18:25
Rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Tarxanov SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning Yevropa klublaridan biriga ketishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

2024 yilning qishida 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchiga ko'plab jamoalardan qiziqish bo'lgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.



"Abbos nafaqat Osiyo Kubogida, balki SSKAda ham yaxshi o'ynadi. U sifatli, texnikasi zo'r futbolchi va intellekti yuqori. Umuman olganda, ko'plab fazilatlar mavjud. SSKA hamma ham o'ynab ketolmaydi, ayniqsa, darhol. Moslashish uchun vaqt kerak. Fayzullaev esa darhol o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.

Ko'ramiz, u bundan keyin qanday ishlaydi. Hozir evrokuboklar yo'qligi achinarli. Agar ular bo'lganida Fayzullaev o'zini yanada yaqqol ko'rsatgan bo'lardi. Biroq hozir ham uni kuzatishadi, chunki u Osiyo Kubogida yaxshi o'ynadi. O'zbekiston finalga chiqa olmagan bo'lsa-da, u baribir ajralib turdi va gol urdi. Menimcha, u hali tajriba uchun SSKAda qolishi va keyingi mavsumda ham shu yerda o'ynashi kerak", – dedi Tarxanov.

Fayzullaev 2023 yilning avgustida "Paxtakor"dan SSKAga o'tgandi. Futbolchi armiyachilar safida 18 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru