Favr: "Bavariya" eng yaxshisi. Nuqta. Boshqa gapirmayman"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020
Dortmundning "Borussiya"si bosh murabbiyi Lyusen Favr Bundesliganing mavsum yakunlari haqida gapirdi.

"Albatta, yaxshi mavsumni o'tkazdik. "Bavariya"?Ular eng yaxshisi. Nuqta. Boshqa gapirmayman.

Biz raqobatchilarni ko'proq o'ylashimiz kerak. "Leyptsig", "Gladbax", "Leverkuzen" 2-o'rin uchun kurashadigan jamoaga aylanmoqda.

Oldin ham aytganimdek, 2-o'rinni olib, vazifamizni bajardik. Adolatli va yaxshi natija. Asta-sekinlik bilan raqobat ham kuchayib bormoqda. Bu esa yaxshi", - dedi Favr.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal