Turkiya. Otabek Shukurov jamoasi birinchi bo'limni g'alaba bilan yakunladi, ammo...

Aslanov Jasurbek
11 apr 2023, 00:40
"Fatix Karagumruk"hamda "Fenerbaxche" o'rtasidagi Turkiya chempionatining 28-tur o'yini yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov "Fenerbaxche"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. "Fatix Karagumruk" Magomed Ozdoevning 24-daqiqadagi goli evaziga birinchi bo'limni g'alaba bilan yakunladi. Biroq ikkinchi bo'limda hammasi o'zgardi va "Fenerbaxche" chempionlik poygasi ishtirokchisi ekanligini isbotlab, irodali g'alabaga erishdi.


"Fatix Karagumruk" - "Fenerbaxche" 1:2

Gollar: Ozdoev 24 - Zayc 51, Salai 78.

"Fatix Karagumruk": Shen, Dreshevich, Richchi (Bertolachchi 85), Diane, Borini (Lobyanidze 72), Merjan, Kolley, Ozdoev (Anvan 77), SHUKUROV (Lyayich 85), Dursun, Baniya.

"Fenerbaxche": Bayindir , Kadio'g'lu, Akaydin, Salai, Alioski (Osayi Samuel 67), Arao (Zayc 46), Mor (Rossi 57), Yuksek, Kaxveji (Guler 57), Dursun (Pedro 46), Valensiya.

Ogohlatirishlar: Richchi 50 - Kadio'g'lu 42.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia