Fati yanvar yoki mart oyida safga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 noya 2020, 13:23
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati jiddiy jarohat oldi.

Yaqin  vaqtlar ichida futbolchining tizzasi operaciya qilinishi borasida bir qarorga kelinadi. Barchasi uning taxlil natijalariga bog'liq. U katta extimol bilan 2 yoki 4 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi mumkin.

Agarda futbolchining tizzasi operaciya qilinadigan bo'lsa, u yanvar oyidayoq safga qaytishi mumkin, biroq bu holatda uning tizzasi jarohatga moyil bo'lib qolishi mumkin.

Agarda uni operaciyasiz davolash maqul ko'rilsa, tiklanish vaqti cho'ziladi. Qarorni esa Ansuning o'zi qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal