

19 yoshli ispan butun faoliyatini Kataloniya klubida o'tkazishni xohlashini aytdi.
"PSJ men bilan shartnoma imzolashga qiziqayotganini bilmayman. Bunday ishlar bilan agentim va ota-onam shug'ullanadi. Boshidan ularga maqsadim "Barselona"da qolish ekanligini aytganman. Butun faoliyatimni ushbu klubda o'tkazmoqchiman", - deydi Fati.
Hujumchi o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida 14ta o'yinda myadonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



