Fastfud tanovul qilish taqiqlangan Dembele Marokashda soat 2gacha tungi klubda qoldi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
27 fev 2018, 16:50
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele 2 kunlik tatilni Marokashda o'tkazishga qaror qildi.

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik yakshanba va dushanba kuni Marokashda bo'lgan. Futbolchi tunggi soat 2gacha vaqtini klubda o'tkazgan, ammo alkogol mahsulotlarini istemol qilmagan. Dembele ayni damda "Barselona" tasarrufida va tonggi mashg'ulotlarda ishtirok etishga ham ulgurdi.

Oldinroq, oshqozonidagi muammo tufayli fransiyalik forvardga fastfud tanovul qilish taqiqlangan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MARCA