

- O'yindan qoniqqanimiz yo'q. Chunki barcha chiziqlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Jamoa birinchi mavsum chempionatda ishtirok etmoqda. Kamchiliklarimizni shunga bog'lash ham mumkin. Bugun g'alaba qozonib kyetishimiz ham mumkin edi. Ammo takidlaganimdek, keraksiz xatolar g'alabadan mosuvo qildi. Qolaversa, yo'l azobi ham bugun o'z ta’siri ko'rsatdi. Ayrim sabablarga ko'ra, kecha yo'l chiqqan bo'lsakda, Toshkentga yetib kelishimiz cho'zilib ketdi. Tabiiyki, bu ham o'z so'zini aytdi. Navbatdagi uchrashuvlarda hammasi o'z o'rniga tushadi, degan umiddamiz, - deydi Nurliboev.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



