Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasida hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi

25 yanv 2021, 19:11
Bugun Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" majmuasining anjumanlar zalida viloyat futbol assotsiatsiyasining hisobot yig'ilishi marosimi tashkil etildi.

Marosimda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Avaz Maksumov, Farg'ona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Murodjon Dadaboev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev, viloyat futbol mahorati maktabi direktori Farhod Ergashev va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari, futbol murabbiylari va faxriylari ishtirok etdilar.

Dastlab marosim ishtirokchilariga Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tgan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti o'qib eshittirildi. Shundan so'ng so'zga chiqqan mutasaddilar Farg'onada futbol sport turini ommaviyligini yanada oshirish va bolalar futbolini rivojlantirish uchun tashkil etilayotgan turli musobaqalar xususida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

Tadbirning yakuniy qismida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Avaz Maksumovga viloyat futbol assotsiatsiyasining tashakkurnomasi va maxsus sovg'asi topshirildi. Shuningdek, o'z o'rnida Avaz Maksumov ham O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan viloyat futbol assotsiatsiyasi media bo'limiga futbol uchrashuvlari va tadbirlarni yoritib borish uchun zamonaviy foto va video texnikalarini taqdim etdi.

Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus.


Manba: championat.asia