"Fanat Superliga". "Lokomotiv" – "Mashal" 1:3

Narzulla Saydullayev
6 apr 2020, 17:29
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Lokomotiv" – "Mashal"

"O'yin" soat 17:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: 1996 yilgi Osiyo Kubogida qaysi terma jamoa g'olib bo'lgan? Javob: Saudiya Arabistoni (RAXIM R R  "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: 2000 yilgi Osiyo Kubogida Yaponiya bosh murabbiyi kim bo'lgan?  Javob: Filipp Truse  (Arsenalist. Aubameyang_14 Surxon-fc.  "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 2004 Osiyo Kubogida Ravshan Ermatov nechta o'yinda bosh hakam bo'lgan? Javob: Bitta (Oddiy bola  "Lokomotiv" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: 2007 yilgi Osiyo Kubogi finali qaysi shaharda bo'lib o'tgan?  Javob: Jakarta  (umka23_real  "Mashal" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Lokomotiv" – "Mashal" 1:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia