Falkao: "VAR futbolni o'ldirishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
3 apr 2018, 14:43
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao Fransiya Liga kubogi finalini boshqargan hakamlar haqida gapirdi.

Finalda monegasklar PSJga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Forvardning so'zlariga ko'ra, hakam asosiy vaqtga juda kam vaqt qo'shib bergan.

"Har ikki holatda ham videotakrorlar PSJga yordam bergani xafa qildi. Bazida, rasmga qaraganda hech nima ko'rinmasligi mumkin. Bu holat futbolni o'ldirishi mumkin. Hakam penalti bo'lgan vaziyatni 4 daqiqa ko'rdi, yana 4 daqiqa mening golimni ko'rdi. Endi aytingchi, nima uchun hakam o'yin yakunida bor yo'g'i 2 daqiqa qo'shib berdi?", - dedi Falkao.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail