Falkao "Rayo" tarkibidagi 8-o'yinda 5-golini urdi. 35 yoshli forvard ham "Real", ham "Barsa" darvozasini ishg'ol qildi

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2021, 03:15
La Ligaga qaytgan Radamel Falkao ajoyib o'yinlar ko'rsatishda davom etadi.

La Liga 13-turi doirasida "Rayo Valekano" safarda "Real"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Mehmonlar 77-daqiqadagi goli hujumchi Radamel Falkao nomiga yozildi. Futbolchi 69-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi.

35 yoshli kolumbiyalik "Rayo" safidagi 8 uchrashuvda (barchasi La Liga doirasida) 5 ta gol urishga erishdi.  

Takidlash lozim, avvalroq Falkao "Barselona" darvozasini ham ishg'ol qilgan va uning goli "Rayo Valekano"ga g'alaba taqdim etgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia