Fakt! "Paxtakor" hech qachon O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritmagan

Narzulla Saydullayev
25 fev 2021
6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Samarqanddagi "Dinamo" stadionida "Paxtakor" va "Nasaf" klublari o'zaro to'qnash kelishadi.

"Nasaf" 2016 yilgi Superkubok uchun bahsda g'olib bo'lgan va ushbu sovringa ega chiqqan.

"Paxtakor" esa Superkubok uchun uch marta maydonga tushgan va har safar mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv" va 2016 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan.




Reklama







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia