Fakt. "Dinamo" ketma-ket 8ta o'yinda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2019, 21:20
Superliganing 20-turida Samarqandning "Dinamo" klubi o'z uyida "Andijon"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu tariqa, Davron Fayziev boshchiligidagi klubning mag'lubiyatli seriyasi 8ta o'yinga etdi.

"Dinamo" so'nggi bor 21 iyun kuni Superliganing 12-turi doirasida o'z maydonida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Shundan so'ng jamoa xatto bir ochko ham ololmadi.

Navbatdagi o'yinni "Dinamo" Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.

"Dinamo"ning so'nggi 8ta o'yini:

"Dinamo" - "Bunyodkor" 1:2
"Bunyodkor" - "Dinamo" 4:2
"Lokomotiv" - "Dinamo" 2:0
"Dinamo" - "Qo'qon-1912" 0:1
"Qizilqum" - "Dinamo" 2:1
"Dinamo" - "Buxoro" 0:3
AGMK - "Dinamo" 3:1
"Dinamo" - "Andijon" 0:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia