Fabricio Romano Golden Boy-2020 sovrinini kim olishini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2020
Taniqli insayderdan yana bir yangilik.

Italiyalik taniqli jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy-2020 sovrini Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchiis Erling Xolandga nasib etadi. Futbolchi ovoz berish jarayonida raqiblarini ortda qoldirgan. 20 yoshli Xoland joriy mavsum 11 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu sovrin 2017 yilda Kilian Mbappega, 2018 yilda Matteys de Ligtga, 2019 yilda Joau Feliksga nasib etgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Twitter/@FabrizioRomano