Fabregasning fikricha, Marez "Barselona"da o'ynab keta oladi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2016, 15:49
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasning fikricha, "Lester Siti" pleymeykeri Riyad Marez "Barselona"da o'ynab ketishga qodir.

"Marez "Barselona"ga? Nega endi yo'q? Ammo u joriy mavsumdan rohat olishiga imkon yaratish kerak. U o'z jamoasi bilan chempion bo'la olishini ko'rish kerak, keyin esa bu haqda gapirish mumkin. Ammo Marezda iqtidor bor va u mehnat ham qiladi. U tez orada biror grand safida o'ynasa kerak" - deydi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports