Fabregas "Chelsi"dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2018, 13:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas ayni damda klub rahbariyati bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadigan ispaniyalik futbolchi 1 yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin.

Fabregas faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Oldinroq, "Chelsi" o'z futbolchisi uchun rossonerlardan 12 mln. evro talaba qilayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca