Fabio Kapello kuzatgan o'yinda "Buxoro" "Rubin"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2015, 22:01
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Buxoro" klubi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Rossiya premer ligasi ishtirokchisi bo'lgan Qozonning "Rubin" klubiga qarshi kechgan bahsda buxoroliklar 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Ushbu bahsni Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello ham kuzatgani e'tiborga molik.

"Rubin" - "Buxoro" 4:1
Gollar:
Dyadyun 15, Portnyagin 68, Portnyagin 76, Kobaxidze 81 - Nozim Umurov 86

P.S. "Buxoro" tarkibi klub rasmiy sayti yaqin vaqt ichida taqdim etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia