Fabio Borini: "Liverpul"da qolganimdan afsuslanmayman

17 yanv 2015, 23:32
Liverpul hujumchisi Fabio Borini jamoada qolib to'g'ri qilganini ta'kidladi.
"Liverpul"da qolganimdan afsuslanmayman. Ha, men boshqa klubga o'tishim mumkin edi. Biroq jamoada qolishni maqul ko'rdim. Rostini aytganda, menga bu qadar ko'proq o'ynashga imkon berishadi deb o'ylamagandim. O'ylaymanki, imkoniyatdan to'g'ri foydalanib qoldim. Balki yanada yaxshiroq o'ynab, yaratilayotgan vaziyatdan samaraliroq foydalanishim kerakdir. Umuman olganda esa hammasi risoladagidek. Hozirda jamoani almashtirish uchun sabab ko'rmayapman.

Manba: sports.ru