Darvin Nunesga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda

20 iyul 2026, 17:45
"Beshiktosh" klubi "Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunesga qiziqish ko'rsatmoqda.

"Fotomac" nashrining xabar berishicha, Turkiya klubi urugvaylik futbolchini 4 million evro evaziga ijaraga olishni taklif qilgan.

Shuningdek, taklifga agar klub chempionlikni qo'lga kiritsa va Nunes mavsum davomida 20 tadan ko'p gol ursa, yana 4 million evro miqdorida bonus to'lanishi haqidagi band ham kiritilgan.

Yakunlangan mavsumda Nunes Saudiya Arabistoni chempionatidagi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fotomac