Fabino: "Mbappeni "Liverpul"ga o'tishga ko'ndirmoqchiman"

Mirjalol Normatov
20 iyul 2018
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Fabino sobiq jamoadoshi Kilian Mbappeni Mersisaydga olib o'tmoqchi.

"Menga boshqa jamoalardan takliflar bormidi? Yo'q. Faqatgina "Liverpul". Buni eshitgan zahotimoq rozilik berdim.

"Liverpul"ga transfer bo'lganimdan keyin Kilian menga xabar yo'lladi va bu bilan tabrikladi. Kelasi mavsumda ham PSJda qolishini aytdi. Ammo uni "Liverpul"ga o'tishiga ko'ndirishga harakat qilaman", - dedi Fabino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com