

Andri “Barselona” va “Chelsi” sobiq a'zosi Eydur Gudonsenning o'g'li hisoblanadi. U 2018 yil “Real”ning yoshlar jamoasiga o'tgan. Keyin esa “Barselona” va “Espanol” akademiyalarida tahsil oldi. 2021 yildan boshlab kichik Gudonsen “Real Kastilya”ga o'tkazildi. Shuningdek, u “Real”ning asosiy jamoasi qaydnomasidan ham o'rin egalladi, ammo maydonga tushmadi.
Qayd etilishicha, Andri Gudonsen madridliklarni erkin agent sifatida tark etmoqda. “Norchepping” 20 yoshli hujumchining transferini keyingi haftada e'lon qiladi.



