

Bu haqida piterliklar matbuot xizmati ma'lum qildi. "Zenit" yosh hujumchining transferini sotib olish uchun "Argentinos Xuniors" jamoasiga 12 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 4+1 ko'rinishdagi shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli hujumchi o'tgan mavsum jamoasi safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Unign hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Shuningdek, hujumchi Parijda bo'lib o'tgan olimpiya o'yinlarida Argentina safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U ushbu turnirda bitta gol urishga erishdi.



