Yevropadagi yana bir chempionat tiklanmoqda

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 11:46
Polsha davlatidagi jamoalar may oyining ilk kunidan boshlab, mashg'ulotlarga zo'r berishlari mumkin.

Polsha premer-ministri Mateush Moraveckiy hamda mamlakat sport vaziri Danuta Dmovskaya birgalikda matbuot anjumanini o'tkazishdi va unda karantindan keyingi rejalar ma'lum qilindi.

Funkcionerlar bu boradagi rejalar faqatgina koronavirusning yangi oqimi boshlansagina o'zgarishi mumkinligini aytishdi.

3-4 may - barcha futbolchilar va klublar ishchilarini testdan o'tkazish
4 may - bir necha guruhga bo'lingan holda mashg'ulotlarda qatnashish
10 may - jamoaviy mashg'ulotlar
27-28 may - barcha futbolchilar, hakamlar va ular bilan gaplashadigan shahslarni tekshirish
29-31 may - chempionatning 27-turini muxlislarsiz o'tkazish
18-19 iyul - chempionatning so'nggi turini o'tkazish

Ekstraklasda 26 tur o'ynab bo'lingan: ayni damda "Legiya" 51 ochko bilan peshqadam, uning ortidan "Pyast" 43 ochko bilan bormoqda. 3-qator uchun esa bir yo'la 3 klub kurashmoqda: "Krakoviya", "Shlensk", "Lex" - 42 ochkodan.

Polshada koronavirusdan zararlanganlar 11067 nafarni tashkil qilmoqda. Shulardan 2126 nafar tuzalgan bo'lsa, 499 nafari vafot etgan.

Oldinroq Germaniyada Bundesliga bahslari 9 may kunidan davom ettirilishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal